Diyor Imomxo‘jaevning gapida jon bor. "Bunyodkor" shundan ham quruq qolishi mumkin

  • 3 avgust, 2022, 16:00
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Rossiya OAVda "Bunyodkor" yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev legionerga aylanishi mumkinligi borasida xabarlar tarqaldi.

Tecno

Qozonning "Rubin" klubi "Bunyodkor" vakili Umarali Rahmonalievga qiziqish bildirmoqda. Rossiya klubi "qaldirg‘ochlar"ning 18 yoshli yarim himoyachisi bo‘yicha taklif yuborgan. "Rubin" futbolchi uchun 50 ming dollar berishga tayyor. Ammo poytaxtliklar uni 1 million dollarga sotishni istamoqda.

Ushbu xabarlar ortidan PFL rahbari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.

photo_2021-04-15_13-43-51

18 yoshli Umarali Rahmonaliev uchun "Bunyodkor" 1 million dollar so‘rayotgani haqida yozishdi.

Bizdagi ma’lumotga ko‘ra, "Rubin" futbolchi uchun 50 ming evro bermoqchi. Unga Leonid Slutskiyning o‘zi qiziqib qolgan, bu muhim jihat. Futbolchining shartnomasi shu yil so‘ngida yakuniga etishini inobatga olsak, u kelasi mavsum "Bunyodkor"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Shundan kelib chiqib, savdoni aqlga sig‘adigan darajada olib borish to‘g‘riroq. Agarki unga "Rubin" bosh murabbiyining o‘zi qiziqib qolgan bo‘lsa, "Rubin" savdoni 100-150 ming evrogacha ham ko‘tarishi mumkin. O‘zbekiston klubi uchun bu yomon summa emas.

Chunki, transfer narxidan tashqari "Bunyodkor" "Rubin"dan mashg‘ulot kompensatsiyasi ham talab qiladi. "Rubin" Rossiya quyi divizionida ekani hamda Rahmonaliev "Bunyodkor" akademiyasida 2015 yildan buyon qayd etib kelinayotgani inobatga olinsa, "Bunyodkor" shuning o‘zigayoq tahminan yana 130 ming dollar talab qilishga haqli. Demak, buning yoniga transfer summasi ham qo‘shilsa, 18 yoshli futbolchi uchun yomon narx chiqmaydi. Qo‘shimchasiga, "Bunyodkor" "Rubin" bilan futbolchining ehtimoliy keyingi transferidan ma’lum foizini olish bo‘yicha ham kelishuv imzolasa bo‘ladi.

Shu o‘rinda bir masalani eslab o‘tish kerak. 2018 yil "Anji" Doston Hamdamovga haridor bo‘lgan va 300 ming evro taklif qilgan. "Bunyodkor" esa o‘shanda ham 1 million so‘ragan. Keyinroq "Anji" shunday yo‘l tutdiki, Hamdamovni tekinga olib ketdi. Chunki futbolchining "Bunyodkor" bilan shartnomasida agar Evropadan taklif tushsa, klub uni 300 ming evroga qo‘yib yuborishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgandi. Bunday paytda FIFA futbolchining manfaatlaridan kelib chiqib ish ko‘radi. Aytmoqchimanki, "Bunyodkor"ga o‘sha vaqtda 300 ming ham yomon summa emasdi. Ammo aqlsizlik sabab klub shundan ham quruq qolgan, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

IMG_1694

PFL rahbari bu postdagi fikrlarni tashkilot rahbari sifatida yozdimi yoki jurnalistik tomondan qarab yondoshdimi bilmadimku, lekin to‘g‘ri gaplar aytildi, nazarimda.

Futbolchilarimizga xorijdan va qolaversa, yaxshi jamoa tomonidan qiziqish bo‘lsa narxni osmonga olib chiqish emas, balki real qarab belgilash kerak. Boz ustiga futbolchining klub bilan shartnomasi shu yili tugashini inobatga olib.

"Rubin"da ozgina kutib, hamyurtimizni tekinga olib ketish varianti ham bor. Bunga Hamdamov transferi yaqqol misol. Qimmat naxr undiraman deb, boridan ham quruq qolish hech gap emas. Albatta, futbolchiga xaridor chiqayotganidan kelib chiqib va uning shartnomasi tugayotganini o‘ylab "Bunyodkor" bitimni uzaytirib qo‘yishi ham mumkin. Balki ishlar boshlab yuborilgandir. Lekin tanganing ikkinchi tomoni futbolchiga yo‘l ko‘rsatadigan yaqinlari yoki agenti klub bilan shartnomani yangilamaslikni maslahat berayotgandir, har holda shunday tahmin yo‘q emas.

Agar taklif arab klublaridan bo‘lganda tushunish mumkin. Biroq Rossiya klublaridan buni kutish qiyin. Jaloliddin Masharipov 2 yil avval Jaloliddin Masharipov "Futbol TV" telekanalidagi “Offside” ko‘rsatuvida xorijdan taklif va o‘zining transferi borasida gapirgandi.

- Transfer narxim? Menimcha, 2 million (dollar/evro)dan oshiqroq bo‘lsa kerak. Masalan, meni Rossiya klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Lekin ular bunaqa pul berishmaydi. Rossiyaliklar bu summaga Braziliyadan futbolchi olib kelishadi.

Eldor Shomurodov 200-300 ming (dollar/evro)ga ketgandir. Bunaqa pulga rossiyaliklar meni ham olishlari mumkin. Lekin "Paxtakor" ko‘nmaydi. Transferimda belgilangan narxni to‘lashsa, uni oqlayman. Biroq ularning xayolida o‘zbeklarda bunaqa kuchli futbolchi yo‘q. Aybimiz jahon chempionatiga chiqmaganimiz. Mundialga borsak, hammasi o‘zgaradi, - degandi Masharipov.

Demak, tarix takrorlanmasligi uchun undan to‘g‘ri xulosa eng yaxshi yo‘ldir.

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaxzod1223
03/08/2022 20:00
To'g'ridadn to'g'ri Evropaga sotsin deysizlar Evropaning boshqa qaysi chempionatidan o'zbek futbolchilariga qiziqish bor. Rosiya orqali Evropaga chiqsa bo'ladi. Yoki Arab jamoalariga sotish kerakma. Evropaning boshqa chempionatidan taklif tushiyatgan bo'lsa to'g'ridan to'g'ri Evropaga sotsin denglar.
&
Bek 56
03/08/2022 16:27
Бунёдкор тугри к,илади россияга сотмаслик керак мана жалолиддиновни не куйларга солишмади бу у'рислар у'ринов хам мана неча йилки у'з у'рнини топаолмай юрибди сотса тугридан тугри европа ва бошка давлатларга сотсин у'рислар у'та айёр эхтиёт бу'лишимиз керак