Diyor Xolmatov "So‘gdiyona"ga qarshi o‘yindagi durangga izoh berdi

  • 24.04.2026 02:06
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 9-turida "Navbahor" "Soʻgʻdiyona"ga qarshi bahs olib borib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Bellashuvdan soʻng "lochinlar" yarim himoyachisi Diyor Holmatov oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

— Assalomu alaykum, oʻyin haqida fikrlaringiz?

— "Assalomu alaykum. Avvalo, oʻyin teng kurashlar ostida oʻtdi. Eng quvonarlisi — gol urib oldik. Bunday oʻyinlarda jamoa xarakter koʻrsatishi kerak. Xudo xohlasa, keyingi oʻyinlarda ham yaxshi tayyorgarlik koʻrib, maydonga tushamiz."

— "Navbahor" ketma-ket oʻyinlarda gʻalaba qozonayotgan edi. "Soʻgʻdiyona"ga qarshi bahsda jamoa dastlabki daqiqalarda biroz xotirjam oʻynaganday tuyulmadi?

"Yoʻq, bu futbol. Hozir barcha jamoalar qanday oʻynashni yaxshi biladi. Biz ham raqibni, jumladan "Soʻgʻdiyona"ni tahlil qilganmiz. Hamma yaxshi kayfiyatda maydonga tushdi. Bunday oʻyinlarda turli vaziyatlar boʻlishi tabiiy."

— "Soʻgʻdiyona" dastlabki daqiqalarda gol oʻtkazib yuboradi. Bu oʻyinda esa "Navbahor"ning avvalgi oʻyinlaridagi uslubi koʻrinmadi, gʻoy ikki boʻlimda gol uramiz degandek harakat qildi...

"Bunday holatlar koʻp uchraydi. Aytganimdek, bu futbol va unda har xil vaziyatlar boʻlib turadi. Evropada ham kuchli jamoalar Chempionlar ligasida magʻlub boʻlib turadi."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!