Diyora Keldiyorova Qozog‘istondagi mashhurligiga munosabat bildirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik dzyudo bo‘yicha olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova Qozog‘istondagi Aktau Asian Open 2026 musobaqasida g‘alaba qozongach, Aktau shahridagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi Sportz.kz sayti. 

«Juda yoqimli his, rostini aytsam, sportdan uzoq odamlar ham meni taniydi, deb o‘ylamagandim. Kecha bir kafega bordik, hamma tanidi, men bilan suratga tushishni xohlashdi. 

Rostdan ham bu yerda bunchalik mashhurman, deb kutmagandim. Bu men uchun katta sharaf, juda xursandman. Qozog‘istonda meni juda iliq kutib olishdi, o‘zimni uyimdagidek his qildim», — dedi Diyora.

Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro Aktau Asian Open 2026 turnirida Keldiyorova 52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida zafar quchib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U finalda Ozarbayjon vakili Farida Mirzaevani muddatidan oldin mag‘lub etdi.

Ushbu musobaqa sportchining ikki yildan ortiq tanaffusdan so‘ng tatamiga rasmiy qaytishi sifatida tarixda qoldi. 

Eslatib o‘tamiz, bu tanaffus Diyoraning 2024 yil Parij Olimpiadasidagi tarixiy g‘alabasidan keyin boshlangan edi. Shu vaqt mobaynida u birinchi bor ona bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!