Dmitriy Bivol sudda sobiq rafiqasiga qarshi sud ishida yutib chiqdi!

  • 24.12.2025 16:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mashhur bokschi Dmitriy Bivolning rafiqasi Ekaterina bilan ajrashishi shov-shuv va katta janjallarga sabab bo‘ldi. Sobiq rafiqasi sportchi bilan "jangga kirishib", o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridan ring sifatida foydalandi.

Ekaterina sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlik qilingani haqida gapirib, ajrashgandan keyin aliment miqdorini oshirish niyatida da’vo qo‘zg‘atgandi.

Uzoq davom etgan jarayonlardan so‘ng, sud Ekaterinaning zo‘ravonlik haqidagi hikoyalari yolg‘on ekanini xabar berdi. Endi ayol o‘zi boshqaradigan barcha saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda raddiyalar e’lon qilishi kerak. Bundan tashqari, sahifalar yopiq bo‘lsa ham, u har qanday odamning raddiya matniga erkin kirishini ta’minlashi va ularni olti oy davomida ochiq qoldirishi shart.

Ma’lumot uchun, Ekaterina va Dmitriy 16 yoshida Sochi aeroportida tanishgan. Yosh bokschi yig‘inga, qiz esa buvisinikiga uchib kelgandi. Munosabatlar o‘rnatildi va ular jiddiy bo‘lib chiqdi. Ularning nikohi 15 yildan ortiq davom etdi. Bu vaqt ichida juftlik ikki o‘g‘ilga ega bo‘ldi va Dmitriy uchta etakchi boks federatsiyalari - WBC, WBO va IBF ning chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!