Dmitriy Bivolning keyingi jangi tasdiqlandi
30 may kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda taniqli charm qo‘lqop ustasi Dmitriy Bivol ham ishtirok etib, germaniyalik Mixael Ayfert(13-1, 5 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. 12 raund etib belgilangan bahsda IBF, IBO va WBO kamarlari uchun qiziqarli jang o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bivol oxirgi bor Artur Beterbievga qarshi revansh o‘tkazib, hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. Ayfert esa 2024 yil 24 avgust kuni Karlos Eduardoni muddatdan oldin yenganidan buyon ringlarda ko‘rinish bermayotgandi.
Fikrlar