Dmitriy Bivolning sobiq rafiqasi jazoga tortildi!

  • 30.01.2026 11:31
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

2025 yil oktyabr oyida internetda Ekaterina Bivol (taniqli bokschi Dmitriy Bivolning sobiq rafiqasi) qirgʻizlar va qozoqlar haqida haqoratli soʻzlar aytgan video keng tarqalib, keskin norozilikka sabab boʻlgan edi.

Kuni kecha Sankt-Peterburg sudi Ekaterinani Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksining 20.3.1-moddasi (nafrat yoki adovatni qoʻzgʻatish) boʻyicha aybdor deb topdi va uni 60 soatlik jamoat ishlariga hukm qildi.

Bu haqida "RIA Novosti Sport" xabar bermoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!