Donald Tramp Krishtianu Ronalduga murojaat qildi
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp "An-Nasr" yulduzi Krishtianu Ronalduga murojaat qildi.
AQShning 45- va 47 prezidenti Donald Tramp Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduni AQShga chorlamoqda. U oʻzining X tarmogʻida Ronaldu videomurojaat yoʻlladi.
"Krishtianu Ronaldu, sen eng buyuk futbolchisan. Sen bizga Amerikaga keraksan. Tezroq narsalaringni yigʻishtir, sen bizga imkon qadar tezroq kelishing kerak", - dedi Tramp.
Maʼlumot uchun, Ronaldu "An-Nasr"dagi faoliyatidan norozi boʻlib, klubdagi oʻyinlarni boykot qilgan edi.
Fikrlar