Donald Trampning nabirasi Oʻzbekistonga qarshi oʻynagan yulduzni yoqtirib qoldi

  • 30.07.2026 07:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliyada AQSh prezidenti Donald Trampning nabirasi Kay Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Joau Feliksga qiziqish bildirgani haqida qizgʻin muhokamalar ketmoqda.

19 yoshli Kay Tramp Instagram ijtimoiy tarmogʻida Joau Feliks sahifasiga obuna boʻlib, uning yaqinida joylangan postlaridan biriga “layk” bosganidan keyin mahalliy OAV eʼtiborini tortdi.

Xabarlarga koʻra, qiz futbolchiga 2026 yildagi jahon chempionatidagi oʻyinlaridan soʻng qiziqib qolgan. Hozircha ularning ijtimoiy tarmoqlardagi oʻzaro munosabati shu bilan cheklangan boʻlsa-da, bu holat portugaliyalik jurnalistlarga ularning ehtimoliy munosabatlari haqida turli taxminlar bildirishga toʻsqinlik qilmayapti.

Eslatib oʻtamiz, Portugaliya milliy terma jamoasi tarkibida Joau Feliks 2026 yildagi jahon chempionati guruh bahsida Oʻzbekiston futbolchilariga qarshi oʻynagan edi. Portugaliyaliklar mundialning 1/8 finalida boʻlajak jahon chempionlari Ispaniyaga 0:1 hisobida magʻlub boʻlib, musobaqani tark etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!