Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Donnarumma bu yil kim "Oltin toʻp"ni olishi kerakligini aytdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Janluiji Donnarumma joriy yilgi «Oltin to‘p» mukofoti uchun asosiy da’vogar sifatida Usman Dembeleni atadi.

«Manchester Siti» va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Donnarumma jurnalistlar bilan suhbatda joriy yilda «Oltin toʻp» mukofotini kim olishi kerak, degan savolga javob berdi.

«Men uchun «Oltin toʻp» uchun asosiy daʼvogarlardan biri – Usman Dembele», – deya Donnarrummaning soʻzlarini L'Equipe nashri keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, Usman Dembele hozirgi kunda «Oltin toʻp»ning amaldagi sovrindori hisoblanadi. Shu bilan birga, bu yil u mukofot uchun bosh favorit sifatida koʻrilmayapti. Fransiyalik hujumchi «PSJ»ga Chempionlar ligasida gʻalaba qozonish va milliy chempionatda titulni qoʻlga kiritishda katta hissa qoʻshdi. Ekspertlar esa bu yilgi asosiy nomzodlar sifatida Kilian Mbappe, Xarri Kein, Lamina Yamal va Rodri Ernandes nomlarini tilga olmoqda.

Maʼlumot uchun, «Oltin toʻp»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni London shahrida boʻlib oʻtadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q