Donnarumma: "Dunyodagi har bir futbolchi "Manchester Siti"da o‘ynashni istaydi"
"Manchester Siti"ning yangi a’zosi Janluiji Donnarumma Frantsiyaning PSJ klubidan "shaharliklar" safiga o‘tganidan keyin bayonot berdi.
"Manchester Siti" bilan shartnoma imzolash men uchun o‘ziga xos lahza. Men jahon darajasidagi iste’dodlar jamlangan va futbol tarixidagi eng buyuk murabbiylardan biri boshqarayotgan jamoaga qo‘shilmoqdaman. Bu dunyodagi har bir futbolchi o‘tishni istaydigan klub!
Men ko‘p yillar davomida "Manchester Siti"ni hayrat bilan kuzatganman, shuning uchun endi bu klubda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lish - ulkan sharaf va imtiyoz. Yangi jamoadoshlarim, xodimlar va muxlislar bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutyapman. "Etihad" stadionidagi o‘yin men uchun juda o‘zgacha bo‘ladi.
Oldinda meni nima kutayotganidan juda hayajondaman va klubga yanada ko‘proq muvaffaqiyatga erishishda yordam berishga harakat qilish uchun borimni berishga va’da bera olaman", - deya Donnarummaning so‘zlarini keltirdi "Manchester Siti" sayti.
Fikrlar