Donnarumma penaltilar seriyasida raqib darvozabonining yozuvini chetga uloqtirib yubordi

  • 01.04.2026 15:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma JCh–2026 saralashi pley-off finalida Bosniya va Gertsegovina posboni Nikola Vasilga penaltilar seriyasi vaqtida halaqit bergani bilan e'tibor markaziga tushdi.

Italiya ushbu bahsda 1:1 hisobidan keyin penaltilarda 1:4 hisobida mag'lub bo'lib, ketma-ket uchinchi bor jahon chempionatiga chiqa olmadi.

Penaltilar seriyasida bosniyaliklar birinchi bo'lib zarba berishdi va Benyamin Tahirovich aniq harakat qildi. Shundan so'ng "Inter" hujumchisi Franshesko Espozito o'z urinishidan foydalana olmagan vaziyatda translyatsiya kadrlariida Donnarummaning Vasil qo'lidagi penalti bo'yicha yozuv qog'ozini olib, darvoza orqasiga o'tib maydon ichiga uzoqroq uloqtirib yuborgani aks etdi.

"Sankt-Pauli" darvozaboni Nikola Vasil bu harakatni payqab, Donnarumma bilan tortishuvga kirishdi va vaziyat haqida bosh hakam Kleman Tyurpen ga shikoyat qildi.

"SportSport.ba" ma'lumotiga ko'ra, Donnarumma hatto Vasilning yozuv qog'ozini yirtishga ham urinagan va uni sezilarli darajada shikastlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!