Donnarummaning narxi aniq bo‘ldi, darvozabon ikkita taklifni rad etdi

  • 09.08.2025 07:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” yangi shartnoma imzolashga ko‘nmagan asosiy darvozabon Janluiji Donnarummani transferga qo‘ygan edi.

Endi parijliklar 26 yoshli golkiper uchun qancha so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.

Give Me Sport sayti jurnalisti va futbol insayderi Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, frantsiyaliklar italiyalik darvozabonni 26 million funt (qariyb 30 million evro) evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Transfermarkt portalida Janluijining narxi 40 million evro ekani ko‘rsatilgan. Biroq parijliklar uni tezroq sotib yuborish uchun arzon narxladi.

Donnarummaning o‘zi Angliya Premer-ligasida o‘ynashni istayapti. Shu bois mahoratli darvozabon Turkiyaning “Galatasaroy” va Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klublaridan bo‘lgan takliflarni rad etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!