Doping sababli o‘yinlardan chetlatilgan Mudrik haydovchilik guvohnomasidan ham mahrum etildi

  • 2 sentabr, 11:58
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ning ukrainalik yarim himoyachisi Mixail Mudrik Buyuk Britaniyada haydovchilik huquqidan mahrum etildi.

Futbolchi bir yarim yil ichida 13 ta jarima balli qoida buzarlik sodir etgan. So‘nggi qoidabuzarlik tezlikni oshirish bo‘lib, politsiyachilar futbolchini quvlab borishga majbur bo‘lgan. Ukraina milliy terma jamoasi yarim himoyachisi olti oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Evening Standard.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda Mudrik antidoping qonunchiligini buzganligi sababli barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirilgan. Uning keyingi taqdirini sud hal qiladi.

Mudrikning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!