Dorgu: "Amorimning tanqidi menga ta'sir qildi"

  • 03.05.2026 15:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" chap qanot himoyachisi Patrik Dorgu jamoaning sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorimning uning oʻyini haqidagi gaplarini salbiy qabul qilganini tan oldi.

Oʻtgan yil oxirida portugalik mutaxassis "Dorgu toʻpni qabul qilgan har safar xavotir his qilaman" deya bayonot bergan edi.

"Bu soʻzlar meni biroz ranjitdi. Murabbiy sen haqingda salbiy fikr bildirsa, bu albatta taʼsir qiladi. Men esa bundan foyda olishga va oʻyinni yaxshilashga harakat qildim. Amorim ishdan olinmasidan oldin ham oʻzimga ishonch topa boshlagandim, yaxshi formaga kirdim", — dedi 21 yoshli futbolchi.

Eslatib oʻtamiz, Ruben Amorim yanvar oyida "qizil iblislar" bosh murabbiyligidan ozod etilgan edi. Uning oʻrnini Maykl Kerrik egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!