Dorgu va Yoro "Manchester Yunayted" safiga qaytdi

  • 27.04.2026 18:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" himoyachilari Patrik Dorgu va Leni Yoro jarohatlarini tiklab, jamoa ixtiyoriga qaytdi.

"UtdDistrict" maʼlumotiga koʻra, 21 yoshli Daniya terma jamoasi aʼzosi Dorgu va 20 yoshli fransuz markaziy himoyachi Yoro yakshanba kuni umumiy guruhda mashgʻulot oʻtkazgan.

Shu bilan birga, har ikki futbolchining Angliya Premier-ligasida "Brentford"ga qarshi boʻladigan navbatdagi oʻyinda maydonga tushishi ehtimoli past ekani aytilmoqda. Uchrashuv bugun boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00'da start oladi.

Patrik Dorgu yanvar oyidan beri son orqasi mushaklari jarohati sababli oʻyinlarda ishtirok etmayotgan edi. Leni Yoro esa joriy oyning oʻrtasida jarohat olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!