Dostonbek Hamdamov: "Kannavaro e'tibor beryapti, bundan xursandman"
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz navbatdagi yig‘in uchun mashg‘ulotlarga kirishdi. Bugungi mashg‘ulotlar oldidan "Paxtakor" futbolchisi Dostonbek Hamdamov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalambor Assalomu Alaykum, terma jamoa safiga kelib qo‘shilib, mashg‘ulotlarni boshladik. Albatta, chaqirilganimdan xursandman. Pauza bo‘lganiga qaramay, Kannavaro e’tibor beryapti. Shu sabab, bundan yaxshi foydalanib, Jahon chempionatiga borishga harakat qilamiz".
Bo‘lajak xalqaro turnir haqida nimalar deya olasiz?
"Ikkisi ham yaxshi, ham kuchli jamoalar hisoblanadi. Xudo Xohlasa, ularga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazamiz, erta-indin raqib jamoalarni o‘rgangan holda tayyorgarlik ko‘ramiz".
Terma jamoaga ketma-ket 2 marta chaqirilishingizga sabab Kannavaro bilan suhbatmi yoki hali italyalik mutaxassis bilan alohida gaplashmadingizmi?
"Hali biz alohida suhbat qurganimiz yo‘q. Balki tez orada bu ro‘y berib qolar".
Mashg‘ulotlar qanday ketyapti?
"Kechа tiklanish mashg‘ulotlarini olib bordik. Bugun esa asosiy mashg‘ulotlarga kirishamiz".
Fikrlar