
Dragan Cheran: "Matich gollar uradigan hujumchi, u bizga yordam beradi"
“Paxtakor” klubi Superliganing 13-turida “Bunyodkor”ga qarshi derbidagi bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin taqdirini Dragan Cheranning penaltidan kiritgan birgina goli hal qildi. U Sports.uz saytiga o‘yin haqida va “Paxtakor”ga yangi qo‘shilgan Boyan Matich to‘g‘risida fikr bildirdi.
- Bu tanaffusdan keyingi dastlabki o‘yinimiz edi. Shu sababli mazkur uchrashuvda jamoamizning hali to‘liq formada emasligi biroz ko‘rinib turdi.
Lekin eng asosiysi, g‘alaba qozonib o‘z hisobimizga uch ochkoni yozdirib qo‘ydik. To‘g‘ri, biz asosan natija uchun o‘ynadik.
Matich haqida to‘xtalsam, u yaxshi futbolchi. Gollar uradigan hujumchi. Albatta, u bizga juda yordam beradi, - deydi Cheran.
Fikrlar