
Drikus dyu Plessi uchun raqib topildi!
Cobiq UFC jangchisi Cheyl Sonnen janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi uchun raqib topdi.
"Dyu Plessi va Paulo Kosta qarama-qarshiligi menga juda yoqmoqda. Garchi braziliyalik uchun jiddiy chaqiriq bo‘lsa-da, o‘ylashimcha, u mazkur vazifani uddalay oladi. Ayni damda Drikusga ham Kostadan boshqa ideal raqib ko‘rmayapman", – dedi Sonnen o‘zining "You Tube" kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Paulu Kosta so‘nggi jangini "UFC 318" turnirida o‘tkazib, rossiyalik Roman Kopylov ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra zafar quchgandi.
Fikrlar