Drikus dyu Plessi: “Xamzat Chimaevning Aleks Perreyra ustidan g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q”

  • 18.10.2025 21:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Janubiy afrikalik MMA ustasi Drikus dyu Plessi BAA vakili Xamzat Chimaev va yarim og‘ir vaznda UFC chempioni Aleks Perreyra o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

“Xamzat doimo balandparvoz chaqiriqlar bilan chiqadi, lekin fikrimcha, u Perreyrani enga olmaydi. Aleks — men ko‘rgan eng buyuk jangchilardan biri. U yarim og‘ir vaznda Ankalaevdan ham ancha yirik ko‘rindi”, — dedi UFC sobiq chempioni "MMA Fighting" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Aleks Perreyra "UFC 320" turnirida Magomed Ankalaevga qarshi revansh o‘tkazib, 1-raundda texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!