
"Dubai Open-2025". Hamyurtlarimiz reytingdagi ballarning o‘zgarishi orqali yakuniy jadvalda nechanchi pog‘onalarni band etdi?
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan "Dubai Open-2025" musobaqasi yakuniga etdi.
27 maydan 4 iyunga qadar bo‘lib o‘tgan turnirda hamyurtlarimiz ham ishtirok etdi. 9 tur davom etgan bellashuvlarda Abdulazizov Asilbek va Sabirova Shaxnoza munosib ishtirok etdi.
Yakuniy turnir jadvaliga ko‘ra, Abdulazizov Asilbek 52-pog‘onani egalladi. Sabirova Shaxnoza esa musobaqani 59-o‘rinda yakunladi.
E’tiborli jihati shundaki, 9 tur davomida Abdulazizov o‘z reytingiga 36 ball qo‘shib oldi. Keyingi hamyurtimiz Sabirova esa 8,2 ballni yo‘qotdi.
Fikrlar