Dunyodagi eng qimmat futbolchilar ro‘yxati chiqdi

  • 09.10.2026 07:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali bozor qiymatlarining navbatdagi oraliq yangilanishi natijalariga ko‘ra, dunyodagi eng qimmat futbolchilar reytingini tuzdi.

Ro‘yxatdagi yetakchilik Norvegiya terma jamoasi va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand hamda Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» vingeri Lamin Yamalga tegishli. Har ikki futbolchining bozor qiymati 220 million evroni tashkil etadi. Madriddning «Real» klubida o‘ynayotgan fransuz hujumchisi Kilian Mbappe esa 200 million evroga baholangan.

2026 yil 9 oktyabr holatiga ko‘ra, Transfermarkt ma’lumotlari asosida dunyodagi eng qimmat futbolchilar reytingi:

Erling Holand («Manchester Siti») — 220 million evro.

Lamin Yamal («Barselona») — 220 million evro.

Kilian Mbappe («Real Madrid») — 200 million evro.

Maykl Olise («Bavariya») — 180 million evro.

Jud Bellingem («Real Madrid») — 160 million evro.

Pedri («Barselona») — 150 million evro.

Joau Nevesh («PSJ») — 140 million evro.

Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ») — 140 million evro.

Vitinya («PSJ») — 140 million evro.

Vinisius Zhunior («Real Madrid») — 130 million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!