Dunyoga mashhur sport kanali endi O‘zbekistonda!

  • 1 dekabr, 2020, 18:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Professional boks va futbol o‘yinlarini translyatsiya qiluvchi DAZN striming servis kanali bugundan boshlab, dunyoning 200 dan ortiq mamlakatida, shu jumladan, O‘zbekiston hududida ham translyatsiyalarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda DAZN kanalining Tvitter sahifasida ma’lum qilindi.

DAZN yiliga 70 dan ortiq jang kechalarini translyatsiya qiladi. Saul Alvares, Gennadiy Golovkin, Entoni Joshua kabi mashhur bokschilar bilan shartnomaga ega va ular ishtirokidagi janglar muntazam ravishda efirga uzatiladi.

Albatta, bu o‘ziga xos pullik ta’rifga ega bo‘lib, oylik narhi 19.99 AQSh dollari, yillik narh esa 99.99 AQSh dollarini tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, turnirlar 1080 p formatda translyatsiya qilinadi va qayta ko‘rish funktsiyasi ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!