
Dunyoning eng boy futbolchisi "Lester"ni tark etdi
"Lester" yarim himoyachisi Faik Bolkiax Portugaliyaning "Maritimu" klubi bilan shartnoma imzoladi.
22 yoshli bruneylik futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi.
Aytish lozimki, Bolkiax Bruney terma jamoasi sardori va Bruneyning amaldagi sultoni Xassanal Bolkiaxning jiyani hisoblanadi. Faikning ayni damdagi shaxsiy boyligi 16,4 mlrd evroga baholanmoqda. Shu sababli u dunyoning eng boy futbolchisi hisoblanadi.
Bolkiax "Lester"ning asosiy jamoasida birorta ham o‘yinda ishtirok etmagan. U “tulkilar” tizimida 4 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bungacha esa u "Arsenal", "Chelsi" va "Sautgempton" akademiyalarida tahsil olgan.
Fikrlar