Dunyoning eng kuchli besh bokschisi kim? Artur Beterbiev javob berdi
Ahmadbek Eshmatov
Ular orasida Isroil Madrimov jang qilgan bokschi ham bor.
Yarim og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev DAZN telekanaliga bergan intervyusida dunyoning eng yaxshi 5 nafar bokschisi kimligini aytdi.
"Vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli bokschilardan beshinchisi Devin Xeyni. To‘rtinchi o‘rin Tayson Fyuriga tegishli. Uchinchi o‘ringa albatta, Saul Alvares munosibroq. Ikkinchi o‘rin egalari - Aleksandr Usik va Naoya Inoue. Ulardan birini alohida ajratib ko‘rsata olmayman. Vanihoyat men uchun birinchi raqamli bokschi bu - Terens Krouford", - dedi rossiyalik sportchi.
Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni o‘tkazilgan jangda Artur Beterbiev ochkolar evaziga Dmitriy Bivolni mag‘lubiyatga uchratdi.


Izohlar (0)