Dьёkeresh qishda «Arsenal»ni tark etishi mumkin
Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyökeresh qishki transfer oynasida jamoani tark etishga harakat qilmoqchi. Bu haqida TEAMtalk nashriga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli shvetsiyalik futbolchi asosiy tarkibdan joy ololmayotganidan norozi. U joriy mavsumda Angliya Premier-ligasining birorta uchrashuvini boshlang‘ich tarkibda boshlamagan. Bosh murabbiy Mikel Arteta hujum chizig‘ida Kay Havertsdan foydalanishni ma’qul ko‘rmoqda.
Dyökereshning noroziligiga sabab bo‘layotgan yana bir omil — «Arsenal»ning Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Al’varesga qiziqishi davom etayotgan. Londonliklarning argentinalik futbolchini sotib olishga urinayotgani shvetsiyalik hujumchini jamoaning uzoq muddatli rejalaridagi o‘z o‘rni haqida shubhalanishga majbur qilgan.
Ayni paytda vositachilar futbolchining faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan variantlarni o‘rganmoqda. Dyökereshga «Atletiko» da’vogarlik qilmoqda, shuningdek, Angliya, Italiya va Germaniya klublari ham unga qiziqish bildirmoqda. «Arsenal» esa hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini izlayotgani sababli futbolchini sotish taklifini ko‘rib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Dyökeresh 2025 yilda «Sporting»dan «Arsenal»ga o‘tgan. U London klubidagi debut mavsumida 21 ta gol urgan, shundan 14 tasi Angliya chempionatiga to‘g‘ri kelg

Fikrlar