Dyu Plessi: "Tom Aspinall o‘zining eng yaxshi yillarini jarohat tufayli o‘tkazib yubormoqda"
UFC sobiq chempioni Drikus dyu Plessi angliyalik Tom Aspinallga nisbatan chuqur hamdardlik bildirdi.
"Aspinall – eng kuchli jangchilardan biri. Biroq u o‘zining eng yaxshi yillarini jarohat tufayli oktagondan tashqarida o‘tkazayotganini ko‘rish juda alamli. Oradan bir yil o‘tdi, u hali ham jang qila olmayapti. Bu narsa har qanday sportchini ruhiy jihatdan sindiradi", — dedi dyu Plessi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Tom Aspinall o‘z ixtiyori bilan UFC chempionlik kamaridan voz kechgan edi.

Fikrlar