
Dyubua: "Bu jang men uchun Joys bilan revanshdan ko‘ra qiziqroq"
Daniel Dyubua (20-2, 19 KO) shanba kuni Londondagi oxirgi boks kechasida Jo Joysdan (15-2, 14 KO) bir necha metr narida o‘tirdi, biroq sobiq raqiblar bir og‘iz so‘z almashishmadi. Balki, boks muxlislari ularning revansh jangini yaqin orada ko‘rmasa kerak.
“Hrgovich - keyingi jangimda to‘qnash kelishni istagan yigit. Bu yangi o‘zligimning boshlanishi va men bunga tayyorman. Men avvalgi holatga qaytishni istayman va bunga faqat yirik nomlarga qarshi jang orqali erisha olaman. Ertami kechmi Joys bilan revansh jangimiz bo‘ladi, ammo hozir menga undan kattaroq nomlar kerak. Ayni damda Xrgovich bilan jang men uchun Joys bilan revanshdan ko‘ra qiziqroq bo‘ladi", - deya ta’kidladi Dyubua.
Eslatib o‘tamiz, oy boshida Filip Xrgovich (17-0, 14 KO) saudiyaliklardan 8 mart kungi musobaqada ishtirok etish uchun taklifnoma olgach, oltita potentsial raqibining kimligini aytdi. Ushbu nomzodlar ro‘yxatida Dyubuaning ismi ham bor edi
Fikrlar