
Dzyudo. 15 ta medal qo‘lga kiritgan sportchilarimiz Osiyo chempionatini 1-o‘rinda yakunlashdi
Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga etdi.
Bugungi bellashuvlarda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ikki kunlik murosasiz bahslar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan 16 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
To‘rtta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza medaliga ega Qozog‘iston ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka 2 ta oltin, 2 ta kumush, 8 ta bronza medalini jamg‘argan mo‘g‘ulistonlik dzyudochilar yakun yasashdi.
Bugungi g‘olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medali sohiblari
-63 kg: Xurshida Razzoqberdieva
-90 kg: Abbos Shermahmatov
Kumush medali sohiblari
-70 kg: Barchinoy Qodirova
+90 kg: Elnur Xolmo‘minov
Bronza medali sohiblari
-63 kg: Marjona Nurulloeva
+78 kg: Sevinch To‘raqulova.
Quyida umumiy jadval bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar