
Dzyudo. Dushanbedan yana bir xushxabar!
Dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida kechayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, ushbu muvaffaqiyatga -73 kg vazn toifasida kurashgan hamyurtimiz Mardon Ravshanov erishdi. Yarim finalda yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy bergan Ravshanov bronza medali uchun bellashuvda italiyalik Manuel Parlatidan ustun kelib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Fikrlar