
Dzyudo. Janubiy Koreya terma jamoasining jahon chempionati uchun tarkibi e’lon qilindi
Janubiy Koreya terma jamoasi Toshkentda o‘tadigan jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qildi.
Janubiy koreyaliklar poytaxtimizga Olimpiada finalchisi An Baul, so‘nggi 2 ta “Katta dubulg‘a” musobaqasida barchani hayratga solgan Junxvan Li kabi dzyudochilar bilan keladi. Ammo tarkibda An Changrim, Dongxvan Gvak, Park Dasol kabi taniqlilar yo‘q. To‘liq tarkib:
Erkaklar: X.Li, S.Jeon (-60); A.Baul (-66 kg); E.Li (-73); J.Li, J.Kim (-81), J.Xan (-90); J.Von (-100); M.Kim (+100).
Ayollar: X.Li (-48); Y.Jung (-52); M.Xun (-57); J.Kim, J.Li (-63); X.Yun, J.Li (-78); X.Kim (+78).
Fikrlar