Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

Dzudo. Marjona Nurulloyeva – Oʻzbekiston terma jamoasiga 2026 yil hisobidan ilk medalni taqdim etdi!

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha 2026 yilgı mavsumning ilk IJF musobaqasi - "Sofia European Open" bo‘lib o‘tmoqda.

Bolgariya poytahti Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha 2026 yilgi mavsumning ilk IJF musobaqasi - "Sofia European Open" bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda dunyoning 5 qit’asi 39 davlatidan jami 385 (237 erkak, 148 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar yo‘lida bahslarga kirishdi. 

Quvonarlisi, musobaqaning ilk kuni terma jamoamizning -63 kg vazn toifasidagi a’zosi Marjona Nurulloeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. U saralash bellashuvlarida Xorvatiya va Bolgariya dzyudochilarini mag‘lubiyatga uchratdi. Murosasiz kechgan yarim final bahsida yaponiyalik Honoka Kimuraga imkoniyatni boy bergan Nurulloeva bronza medali uchun kechgan bellashuvda fransiyalik Klara Ventslerdan ustun keldi. 

Shu tariqa, Marjona Nurulloeva O‘zbekiston terma jamoasiga 2026 yil hisobidan ilk medalni taqdim etdi. Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q