Dzyudo. Osiyo chempionatida 10 ta medal qo‘lga kiritdik

  • 18.04.2026 18:03
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoyning Ordos shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqaning so‘nggi kuni Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov jamoamizga oltin medal taqdim etdi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza, jami 10 ta medal bilan Osiyo chempionatining yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi. 

E’tiborli­si, O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo chempionati ishtirokchi davlatlari orasida eng ko‘p medalga ega chiqdi. 

Ertaга qit’a birinchiligida aralash jamoaviy bellashuvlar o‘tkaziladi.

Oltin medal:
+100 kg: Alisher Yusupov

Kumush medallar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Kadambaeva
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva 

Bronza medallar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov 
-70 kg: Khurshida Razzoqberdieva 
-78 kg: Barchinoy Qodirova 
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev 
+78 kg: Umida Nig‘matova 
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!