Dzyudo. Osiyo oʻyinlari uchun tarkibimiz maʼlum

  • 11.09.2026 15:24
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

19 sentabr - 4 oktabr kunlari Yaponiya ning Aichi-Nagoya shahrida XX Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtadi. 

Osiyo qitʼasi uchun toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasi dasturidan oʻrin olgan dzyudo bahslari 30 sentabr - 3 oktabr kunlariga belgilangan. Avvaliga uch kun mobaynida yakkalik bahslarida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi, toʻrtinchi kuni esa aralash jamoaviy mikst bellashuvlari tashkil etiladi. 

Osiyo oʻyinlarining dzyudo turnirida 32 davlatning 204 (116 erkak, 88 ayol) nafar sportchisi medallar uchun kurash olib boradi. Yaponiya, Qozogʻiston, Moʻgʻuliston, Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston terma jamoalari toʻliq tarkibda, yaʼni 14 nafar (7 ta vazn erkaklar, 7 ta vazn ayollar) dzyudochi bilan qatnashadi. 

Terma jamoamiz murabbiylar shtabi tomonidan Kunchiqar yurtda boradigan tarkibimiz eʼlon qilindi. Bugungi kunda oʻz vazn toifalarida har tomonlama musobaqaga tayyor boʻlganlar saralab olindi.  

Shuningdek, aralash jamoaviy bahslarda Shirinjon Yoʻldosheva (-70 kg) va Irisxon Qurbonboeva (+78 kg) ham yurtimiz sharafini himoya qiladi.


XX Osiyo oʻyinlarida qatnashadigan tarkibimiz:

-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov 
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev
-73 kg: Shahram Ahadov
-81 kg: Arslonbek Tojiev
-90 kg: Nurbek Murtazoev
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
+100 kg: Muzaffarbek Toʻraboev

QIZLAR
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Kadambaeva 
-57 kg: Shukurjon Aminova 
-63 kg: Marjona Nurulloyeva
-70 kg: Khurshida Razzoqberdieva 
-78 kg: Barchinoy Qodirova 
+78 kg: Umida Nigʻmatova

Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!