Dzudo. O'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi yakuniga yetdi
Termiz shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat Kubogida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan saralangan 900 nafarga yaqin dzyudochi g‘oliblik yo‘lida bahs olib bordi.
Termiz Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida o‘tkazilgan musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vaznlarda bellashuvlar tashkil etildi. O‘gil bolalar -81, -90, +90 kg, qizlar esa -63, -70 va +70 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Xorazm viloyati terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza medali jamgarib, O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Umumjamoa hisobida Samarqand va Toshkent viloyati jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi.
Uchinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
-81 kg vazn toifasi:
1. Shomurod Shomurodov (Buxoro)
2. Kamronbek Abdirayimov (Toshkent shahri)
3. Hayotbek Norqulov (Samarqand)
3. Bahodir Yo‘ldoshev (Toshkent shahri)
-90 kg vazn toifasi:
1. Olimjon Babaev (Xorazm)
2. Shohjahon Valijonov (Surxondaryo)
3. Akobir Yo‘ldoshev (Surxondaryo)
3. Oqilbek Turobov (Qashqadaryo)
+90 kg vazn toifasi:
1. O‘g‘abek Keldiyorov (Qashqadaryo)
2. Adhamjon Teshaboev (Xorazm)
3. Mehriddin Berdimurodov (Surxondaryo)
3. Nurdavlat Rustamov (Xorazm)
QIZLAR:
-63 kg vazn toifasi:
1. Dinora Samandarova (Xorazm)
2. Sabrina Hayitova (Buxoro)
3. Malika Bekturdieva (Xorazm)
3. Dilsuz Eshniyazova (Samarqand)
-70 kg vazn toifasi:
1. Shoxista To‘raeva (Toshkent shahri)
2. Sevinchoy Xudarganova (Xorazm)
3. Sabrina Abdullaeva (Buxoro)
3. Orzu Temirova (Qashqadaryo)
+70 kg vazn toifasi:
1. Nilufar Sa’dullaeva (Qashqadaryo)
2. Xonzodabegim Usmonqulova (Samarqand)
3. Begoyim Toshtemirova (Surxondaryo)
3. Asilabonu Qudratova (Qashqadaryo)
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar