Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari "Masters" turniriga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirishmoqda
Niderlandiyadagi yig‘in yakuniga etgach dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda yana mashg‘ulotlarga kirishdi. Federatsiya bazasida tashkil etilayotgan yig‘in iyul oyining oxirigacha davom etadi.
Ushbu yig‘in 4-6 avgust kunlari Vengriyada o‘tadigan “Masters” turniriga so‘nggi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qiladi. Ilias Iliadis boshchiligidagi murabbiylar shtabi mashg‘ulotlar davomida maxsus texnik harakatlar va kombinasiyalarga e’tibor qaratmoqda. Terma jamoa 1 avgust kuni Budapeshtga yo‘l oladi.
Manba: MOQ



Fikrlar