Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo. Oʻzbekistonda medallar jamgʻarish boʻyicha hududlar reytingi shakllantirildi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

2025 yilda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati va Prezident Olimpiadasi yakunlariga ko‘ra, hududlar sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan medallar sarhisob qilindi.

2025 yilda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati va Prezident Olimpiadasi yakunlariga ko‘ra, hududlar sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan medallar sarhisob qilindi.

Mavsumning oltita asosiy musobaqasi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hududlarining medallar jamlanmasi bo‘yicha reytingi shakllantirildi.

Yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘lga kiritilgan medallarning umumiy soni va sifati bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, reytingning mutlaq yetakchisiga aylandi. 

Reytingga quyidagi musobaqalar natijalari kiritilgan: U23 O‘zbekiston chempionati (Chirchiq), kadetlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati (Andijon), kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati (Buxoro), Prezident Olimpiadasi (Toshkent), o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati (Qarshi), kichik kadetlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati (Qarshi).

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q