Dzyudo. Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida litsenzion hududdagi dzyudochilarimiz yana bittaga ko‘paydi

  • 8 avgust, 2023, 16:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Vengriyada yakuniga etgan “Masters” musobaqasidan keyin sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, litsenzion hududdan joy olgan sportchilarimiz bittaga ko‘payib, ularning soni 18 taga etdi. Musobaqada kuchli ettilikdan joy olgan Jahongir Mamatrahimov (-90 kg) katta o‘sishga erishib, 20-pog‘onaga ko‘tarildi. Shuningdek, Muzaffarbek To‘raboev Olimpiada reytingining uchinchi o‘rniga yuqoriladi.

Tecno

Batafsil:

-60 kg:
1. Ryuju Nagayama (Yaponiya) – 3930 ochko
10. Dilshodbek Baratov – 1930
28. Doston Ro‘ziev – 886

-66 kg:
1. Denis Vieru (Moldova) – 3300 ochko
21. Muhriddin Tilovov – 1414
26. Sardor Nurillaev – 1167

-73 kg:
1. Soichi Xashimoto (Yaponiya) – 3500 ochko
4. Murodjon Yo‘ldoshev – 2518
11. Obidxon No‘monov – 1914
13. Shahram Ahadov – 1748

-90 kg:
1. Luka Maysuradze (Gruziya) – 4060
3. Davlat Bobonov – 3074 ochko
20. Jahongi Mamatrahimov – 1284

-100 kg:
1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 3615 ochko
3. Muzaffarbek To‘raboev – 3089

+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 3710
4. Alisher Yusupov – 2510 ochko
17. Shohruh Baxtiyorov – 1410

Ayollar:
-48 kg:
1. Vakana Koga (Yaponiya) – 3280 ochko
25. Halimajon Qurbonova – 1078

-52 kg:
1. Amandin Bushar (Frantsiya) – 4484 ochko
2. Diyora Keldiyorova – 4184
14. Sita Qadamboeva – 1296

-57 kg:
1. Krista Deguchi (Kanada) – 4650
29. Shukurjon Aminova – 910 (qit’aviy kvota)

-70 kg:
1. Saki Nizoe (Yaponiya) – 4350 ochko
23. Gulnoza Matniyazova – 1075

-78 kg:
1. Inbar Lanir (Isroil) – 5095
30. Irisxon Qurbonboeva – 689

Eslatma:
– Bu Olimpiada reytingining bugungi holati. Tizim 2024 yilning 23 iyun kuni yopiladi;
– Jadvalda reyting etakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qit’aviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan;
– Bir vaznda ikki yoki undan ko‘p sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra tanlanadi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!