Asosiy mazmunga oʻtish

Dzudo. Terma jamoamiz Yevropa Kubogida ishtirok etish uchun Sloveniyaга yo‘l oldi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

14-15 fevral kunlari Lyublyana shahrida Yevropa Kubogi bo‘lib o‘tadi.

14-15 fevral kunlari Sloveniya poytaxti Lyublana shahrida Yevropa Kubogi bo‘lib o‘tadi. 

Nufuzli musobaqada dunyoning 5 qit’asi 44 davlatidan kelgan jami 507 (292 erkak, 215 ayol) nafar dzyudochi medallar va jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishadi. 

Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun Yevropa Kubogida qatnashish uchun Sloveniya davlatiga jo‘nab ketdi. 

Lyublanadagi turnir "OTP Group Tashkent Grand Slam 2026" musobaqasiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o‘tib beradi.

Yevropa Kubogida ishtirok etadigan tarkibimiz:

-60 kg: Muhammadali Masharipov
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov 
-66 kg: Dilshod Hamroev
-73 kg: Elbek Tojiev
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-73 kg: Inoyat Telmanov
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov
-90 kg: Alisher Samanov
-90 kg: Sultonbek Abdushukrov
-90 kg: Aziz Avazmurodov
-100 kg: Muhammadali Zoirov
-100 kg: Muhammadali Tangriev
+100 kg: Islombek Ravshanqulov 

Murabbiylar - Aleksey Budolin, Rahim Subxonov

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q