Dzudo terma jamoamiz "Katta Dubulğa" turnirida oltinchi o‘rinni egalladi

  • 31.08.2026 18:47
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shveytsariyaning Lozanna shahri mezbonlik qilgan "Katta Dubulğa" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o‘z yakuniga yetdi. 

Uch kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan dunyoning 77 davlati orasida TOP-6 talikdan joy oldi. Musobaqaning so‘nggi kuni jamoamiz uchun muvaffaqiyatli keldi. -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlar dzyudochilarimiz benefisiga aylanib ketdi. 

Umar Bozorov sharafiga Shveytsariya zaminida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Bozorov faoliyatidagi uchinchi "Grand Slam" medalini qo‘lga kiritdi. U shu kungacha "Tbilisi Grand Slam 2025" da oltin, "Ulanbator 2025" da kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Oltin medal:
-90 kg: Umar Bozorov

Kumush medallar:
-81 kg: Arslonbek Tojiev
-90 kg: Nurbek Murtazoev

Bronza medallar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!