Dzudo terma jamoamiz "Warsaw European Open 2026" turniriga yo‘l oldi

  • 12.03.2026 16:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

14-15 mart kunlari Polsha poytahti Varshava shahrida "European Open" turkumidagi yana bir musobaqa o‘tkaziladi. 

Unda dunyoning 31 davlatidan kelgan jami 359 nafar dzyudochi medallar yo‘lida bahslarga kirishadi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining 6 nafar vakili ham "Warsaw European Open 2026" turnirida ishtirok etadi. 

Bugun Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi jamoamiz delegatsiyasi Polsha davlatiga yo‘l oldi. Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!