Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

Dzyudo. Terma jamoamizning Portugaliya Gran-prisida qatnashadigan tarkibi e’lon qilindi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Vakillarimizga bo‘lajak musobaqada omad tilaymiz.

Joriy yilning 27-29 yanvar kunlari Portugaliyaning Almada shahrida dzyudo bo‘yicha yilning dastlabki yirik turniri – Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Jahonning 80 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyuradigan terma jamoalar ishtirokidagi musobaqada hamyurtlarimiz ham medallar qatori Olimpiada reyting ochkolari uchun kurash olib borishadi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, murabbiylar shtabi mazkur turnir uchun asosan ikkinchi tarkib vakillarini tanlab oldi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Almada safariga quyidagi sportchilar bilan yo‘l oladi:

Erkaklar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Bobur Vajdiev
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Obidxon No‘monov
-81 kg: Muso Sobirov
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov

Ayollar:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Sita Qadamboeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonova

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q