Dzudo. Toshkentda o‘tadigan musobaqa uchun qur’a tashlandi

  • 27.05.2026 22:42
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasi to‘rt kun davomida kadetlar va yoshlarning katta dzyudo bayramiga mezbonlik qiladi.

28-29 may kunlari Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazib kelinayotgan Osiyo Kubogining kadetlar o‘rtasidagi bellashuvlari o‘tkazilsa, 30-31 may sanasida yoshlar orasida kuchlilar aniqlanadi. 

Musobaqada yurtimiz dzyudochilaridan tashqari, Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Mo‘g‘uliston, BAA, Qozog‘iston, Xitoy Taypeyi, Hindiston, Shri-Lanka, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Saudiya Arabistoni kabi davlatlardan kelgan 1200 nafaridan ziyod sportchi medallar uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!