Dzyudo. Yaponiya dahshatli tarkib bilan Oʻzbekistonga kelmoqda

  • 13.02.2026 20:54
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo

Poytaxtimiz mezbonligida o‘tadigan "OTP Group Tashkent Grand Slam 2026" turniri startiga tobora oz fursat qolmoqda. 

Bugundan musobaqada ishtirok etishini rasmam tasdiqlab, o‘z tarkiblarini e’lon qilgan yetakchi davlat jamoalarini tanishtirishni boshlaymiz. 

Shubhasiz, bu borada ilk jamoa - Yaponiya! Dzyudo vatani kuchli, jangovar tarkib bilan O‘zbekiston ga keladi. Tarkibdan 22 (12 erkak, 10 ayol) dzyudochi o‘rin olgan. Ular orasida ikki karra Olimpiada, to‘rt karra jahon chempioni, 13 marotaba "Katta Dubulğa" turnirlari g‘olibi Hifumi Abe ham bor. Uning singlisi, Olimpiada va jahon chempioni Uta Abe esa Toshkent turnirini o‘tkazib yuboradi.

Yaponiya terma jamoasi tarkibi:

ERKAKLAR:

-60 kg: Taiki Nakamura       
-66 kg: Hifumi Abe
-66 kg: Shinsey Hattori 
-73 kg: Shusuke Uchimura 
-73 kg: Keyto Kihara
-81 kg: Sotaro Fujiwara 
-81 kg: Kaito Amano 
-90 kg: Komei Kawabata
-90 kg: Riku Okada 
-100 kg: Kotaro Ueoka
-100 kg: Shokei Hirano
+100 kg: Yuta Nakamura

AYOLLAR:
-48 kg: Sachiyo Yoshino 
-48 kg: Mizuki Harada 
-52 kg: Kokoro Fujishiro
-57 kg: Mio Shirakane 
-63 kg: Narumi Tanioka 
-70 kg: Erina Ike 
-78 kg: Mami Umeki
-78 kg: Mao Izumi 
+78 kg: Ruri Fuji
+78 kg: Akira Sone

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!