Dzudo. Yoshlarimiz Osiyo kubogida birinchi o‘rinni egalashdi

  • 01.06.2026 10:40
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi o‘z yakuniga yetdi. 

"Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026" musobaqasining so‘nggi kuni yoshlar o‘rtasida og‘ir vazn toifasi vakillari medallar yo‘lida tatamiga chiqishdi. O‘smirlarimiz singari yoshlarimiz ham turnirni yuqori notada yakunlashdi. 

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 9 ta oltin, 9 ta kumush, 15 ta bronza, jami 33 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni band etdi. 

Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi ikkinchi o‘rinni (2 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza) egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni tojikistonlik dzyudochilar (1 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza) yakunlab berishdi. Qozog‘iston (1 ta oltin, 1 ta kumush, 6 ta bronza) va Rossiya (1 ta oltin, 1 ta bronza) delegatsiyalari hisobida ham bir nafardan chempion bo‘ldi.

Kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi. 

Ikkinchi kun g‘olib va sovrindorlari:

-81 kg vazn toifasi
1. Yerali Keneskan (Qozog‘iston)
2. Mustafo Shermahmatov (O‘zbekiston)
3. Kamronbek Qodirov (O‘zbekiston)
3. Bekzod O‘ktamov (O‘zbekiston) 

-90 kg vazn toifasi
1. Daniyar Melisov (Qirg‘iz Respublikasi)
2. Hamza Ardasheri (Tojikiston)
3. Pansher Mo‘minov (Tojikiston)
3. Shahzod Shukurov (O‘zbekiston)

-100 kg vazn toifasi
1. Beksultan Aytmatov (Qirg‘iz Respublikasi)
2. Ismoil Burxonov (Tojikiston)
3. Daut Poltushev (Qirg‘iz Respublikasi)
3. Berikbol Jumanbekov (Qozog‘iston)

+100 kg vazn toifasi
1. Fazliddin Rafiqov (O‘zbekiston)
2. Iskandar Mamayusupov (O‘zbekiston)
3. Alibek Durdiev (O‘zbekiston)
3. Denis Kuligin (Rossiya)

QIZLAR

-70 kg vazn toifasi
1. Durdona Tursunova (O‘zbekiston)
2. Guldana Marlen (Qozog‘iston)
3. Uldana Xojanazarova (Qozog‘iston)
3. Nigina Saparboyeva (O‘zbekiston)

-78 kg vazn toifasi
1. Kristina Konovalova (Rossiya)
2. Akmarjan Turdajiyeva (Qirg‘iz Respublikasi)
3. Shoira Aminova (O‘zbekiston)
3. Ishrup Narang (Hindiston)

+78 kg vazn toifasi
1. Zarina Bobonazarova (O‘zbekiston)
2. Yulliana Shubladze (O‘zbekiston)
3. Nafisa Rajapova (O‘zbekiston)
3. Guldana Tengelbaeva (Qozog‘iston)

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!