Dzyudochilarimiz birinchi bellashuvdan muvaffaqiyatli o‘tishdi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida navbatdagi jahon  chempionati bellashuvlariga start berildi. Reglamentga muvofiq, birinchi kun doirasida -60 kg vazn toifasida Sharofiddin Lutfullaev hamda -48 kg.da Marjona Salohitdinova ishtirok etishadi. 

Tecno

Ayni paytga kelib, bellashuvlar qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Vakillarimiz o‘zlarining birinchi bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazib olishgani biz uchun xayrli yangilik bo‘ldi. Sharofiddin Lutfullaev birinchi kurashda portugaliyalik Gonsalo Mansinoning muddatidan avval mag‘lubiyatga uchrgatgan bo‘lsa, Salohitdinova yangi zelandiyalik raqibi bilan kechgan murosasiz bahsda 7:08 daqiqada g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Keyingi davrada Lutfullaev qirg‘izistonlik Otar Bestaev bilan hisob-kitob qilsa, Marjona Salohitdinova mo‘g‘ulistonlik Urantsetseg Munhbatga qarshi tatamiga chiqadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Odilboy Xasanovich
20/09/2018 12:29
Imkoni bulsa vediosini ham tashila.