Dzyudochilarimiz “Katta dubulğa” turnirida 5 ta medalga ega chiqdi

  • 30.08.2026 23:01
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Lozanna “Katta dubulğa” turnirini muvaffaqiyatli yakunladi. Og‘ir vazn toifasida kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. 

Qayd etish joiz, -90 kg vazn toifasida ikki nafar polvonimiz Umar Bozorov hamda Nurbek Murtazoev finalda o‘zaro to‘qnash kelishdi. Bellashuv Bozorovning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Oltin medal:
-90 kg: Umar Bozorov

Kumush medal: 
-90 kg: Nurbek Murtazoev

Bronza medal:
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev

Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqani 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!