
Dzyudochimiz Bekmurod Oltiboev barchani hayratga solmoqda
Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining yakkalik bellashuvlaridan o‘rin olgan so‘nggi kun bahslari bo‘lib o‘tmoqda va unda vazni 100 kilogrammdan og‘ir sportchilar bahs olib borishadi.
Quvonarlisi, ushbu kun doirasida bahs olib boradigan vakilimiz Bekmurod Oltiboev ajoyib ishtiroki bilan barchani hayratga solqomda. Dastlabki davrada avstraliyalik raqibini musobaqadan chiqarib yuborgan Bekmurod keyingi davrada o‘tgan yilgi finalchi braziliyalik David Mourani ham taslim qildi. Undan keyin esa qozog‘istonlik Erassil Kajibaevdan ham o‘tdi. Endi yurtdoshimiz chorak finalda tojikistonlik Temur Rahimoga qarshi tatamiga chiqadi.
Fikrlar