YECHL. "Barselona" oʻz uyida "Real"ni "yanchib tashladi"
Ayollar oʻrtasidagi UEFA Chempionlar ligasida "Barselona" va "Real Madrid" oʻrtasida chorak finalning javob uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda kataloniyaliklar raqibini 6:0 hisobida taslim etdi.
Dastlabki oʻyinda ham "koʻk-anorranglilar" madridliklarni 6:2 hisobida magʻlub etgan edi. Shu tariqa, ikki oʻyin natijasiga koʻra "Barselona" ishonchli tarzda yarim finalga yoʻl oldi.
Maʼlumot uchun, jamoa keyingi bosqichda "Bavariya"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar