
EChL. "Borussiya" hamda "Sevilya" bahsida g‘olib aniqlanmadi
Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan "Borussiya" Dortmund - "Sevilya" bahsi yakunlandi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 18-daqiqada Kuassi bellashuvda hisobni ochdi. Biroz o‘tib, Bellingem hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, hisob boshqa o‘zgarmadi.
Ayni vaqtda "G" guruhida 10 ochkosi bor "Siti" peshqadam, 7 ochko to‘plagan "Borussiya" ikkinchi, 2 ochkosi bor "Sevilya" esa 3-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar