
EChL. Bugun "Siti" uchun hayot-mamot o‘yini bor va boshqa uchrashuvlar
Bugun Evropa chempionlar ligasida so‘nggi, hal qiluvchi 8-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu tur doirasida hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan "Manchester Siti" jamoasi "Bryugge"ga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur o‘yin "shaharliklar" uchun juda muhim sanaladi. Sababi, agar ular bu turda mag‘lub bo‘lsa yoki durang natija qayd etsa, Chempionlar ligasi pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishadi.
Afsuski, legionerimiz Abduqodir Husanov EChLda hali ro‘yxatdan o‘tmaganligi sababli (qishda jamoaga kelgan futbolchilar pley-offdan boshlab yangi klubiga yordam bera olishi mumkin) bugungi bahsda ishtirok eta olmaydi.
Shuningdek, bugun EChLda yana bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Mazkur o‘yinlarning barchasi bir vaqtda, tunggi soat 01:00da start oladi.
Fikrlar